Tikuvchilik kursi
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi 2022-2023 o‘quv yili uchun joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini tugatgan imkoniyatlari cheklangan zaif eshituvchi va kar soqov, ko‘zi ojiz, harakati tayanch a'zolarida nuqsoni bo‘lgan hamda umumiy kasalliklardagi o‘quvchilarni o‘qishga qabul qiladi.
Kasb-hunar maktabida quyidagi yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi:
Tikuvchi (zaif eshituvchilar-20 ta xamda harakat tayanch a'zolarida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun-20 ta o‘rin);
Tikuvchilik kursida, turli matolardan bolalar uchun mavsumiy kiyimlar, ayollar va erkaklar uchun mavsumiy kiyimlar, va boshqa ko'p turdagi tikuv maxsulotlarini, bichish va kikish o'rgatiladi.
O‘qishga topshirish uchun quidagi hujjatlar kerak bo'ladi:
1. Shahodatnoma;
2. 3x4 xajmdagi fotosurat;
3.Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki fuqarolik pasporti nusxasi;
4.Nogironlik ma'lumotnomasi.
Shoshiling, hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!
Kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jumladan 3 mahal issiq ovqat hamda turar joy bilan bepul ta'minlanadi.
Ushbu kurs haqida to'liq ma'lumotni olish uchun, www.ishplus.uz ma'lumot xizmatining +998 (90)-818-07-08 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. Ma'lumot xizmati dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Tushlik tanaffusi 13:00 dan 14:00 gacha.

