Elektrotexnika, elektronika va avtomatlashtirish kursi
Ushbu kasb bo‘yicha sanoat korxonalari, qurilish obyektlari, turar joy binolari va inshootlarda elektromontaj ishlari bo‘yicha elektromontyorlar, elektron-maishiy texnikalarni ishlab chiqarish korxonalariga va servislariga elektron texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustalar hamda ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga elektr qurilmalarini o‘rnatish, sozlash va avtomatlashtirish bo‘yicha texniklar yetkazib berilmoqda.
Toshkent shaxridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ahamiyatlisi shundaki, bitiruvchilarning ko‘pchiligi o‘z hududlarida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxsiy ustaxonalar ochib, faoliyat yuritmoqda!
O'qish muddati
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Stipendiya
Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya beriladi.
Kursga ariza berish tartibi:
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- ariza,
- pasport (asli va nusxasi),
- ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi,
- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma,
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatlar 2022 yil 15-yanvardan 15-fevralgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 a mavzesi.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) (71) 251-19-03, +998 (94) 660-88-03
Telegram bot: @vtctqabul_bot

