Media savodxonlik kursi
Media savodxonlikka qizuquvchi
yoshlar diqqatiga!
Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun
"Media Plus" media savodxonlik kurslarining birinchi mavsumiga qabul
boshlandi. Birinchi
mavsum TOSHKENT shahrida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar faqat TOSHKENT shahridan
qabul qilinadi.
Soha bo‘yicha siz quyidagi bilimlarga ega bo‘lasiz:
- OAV turlari, ularni tanib olish usullari. OAVdagi asosiy tushunchalar va ularning vazifalari
- Internetda so‘z erkinligi. raqamli etiket.O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining xususiyatlari
- Fakt tekshiruvi. Qonunlar. Keys tadqiqoti
- Fotojurnalistika asoslari
- Intervyu olish
- blog yuritish; kontentni boshqarish
- Yangiliklar yaratish - Matn bilan ishlash. Storytelling
- Yangi media yo‘nalishlari: podcasting
- G‘oyalar taqdimoti / Pitching
Sharoitlar:
Kurs o'quvchilariga kursda ishtirok etish uchun yo'l transport harajatlari qisman qoplanadi;
Kurs bitiruvchilariga kursni tamomlaganliklari to'g'risida maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.
Qabul 30-AVGUST 23:59 gacha davom
etadi!
Diqqat
Ishtirokchilar soni cheklangan.
Talabgorlardan imkoni boricha tezroq ariza topshirishlarini so'raymiz.
Quyidagi havola orqali ARIZA yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/AtMzu53HLXbKfk9W9
Media Plus loyihasi Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan. Loyiha donori O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi.

