Fotografiya asoslari
Chop etilgan sana:
12.03.2024
15:53
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik |
| Zaif eshituvchi |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
3 oy
Ta'lim tili:
O'zbek tili va imo-ishora tilida
Qo‘shimcha ma'lumot:
Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida tashkil etilayotgan fotografiya kursida ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
Fotografiya asoslari kursi davomida siz:
foto-kompozisiya;
foto-ekspozitsiya;
fotosuratlarni tahrirlash;
maxsus foto-loyihalar ustida ishlash;
mijozlar bilan ishlash;
OAV bilan hamkorlik kabilarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirasiz.
Kurs nazariy va amaliy darslardan iborat bo'lib:
- auditoriyada nazariy dars;
- uyga vaziga, vazifa nazorati va tahlili;
- amaliy mashg'ulotlar o'z ichiga oladi.
Ishtirok etish uchun arizangizni
@sharoitcreative_uzbot orqali ro’yxatdan o’tkazishingiz kerak. Arizalar 2024-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.

