Moliyaviy savodxonlik

Chop etilgan sana:
18.09.2024
16:06
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Ko‘rish bo‘yicha nogironlik | | Nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasi | | OIV/OITS bo‘yicha nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
8 ta darsdan iborat
Ta'lim tili:
O'zbek
Qo‘shimcha ma'lumot:

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi, WeGrow invest kompaniyasi bilan hamkorlikda moliya sohasida tajribali trener, Mariyam Mixmanova ishtirokida Moliyaviy savodxonlik bo’yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyatida yashovchi nogironligi bo’lgan insonlar uchun bepul offline kurs tashkil etmoqda.

Bu darslar sizga moliyaviy savodxonlikni oshirish, investitsiya dunyosini tushunish va muvaffaqiyatli investor bo’lish imkonini beradi.

Kurs dasturi 8 darsdan iborat. Kursdan quyidagi natijalarni olish mumkin:

1. Asosiy moliyaviy bilimlar: Siz investitsiya va moliya bo’yicha asosiy tushunchalarni o’rganasiz, shu jumladan investitsiya turlari, daromad manbalari va murakkab foiz effekti.

2. Investitsiya strategiyalari: Investitsiya uchun muhim bo’lgan 3 ta omilni tushunasiz va boylikni oshirish formulalarini bilib olasiz.

3. Birja bozorini tushunish: Birjalar, ularning tarixi va aksiyalar haqida chuqur bilimga ega bo’lasiz.

4. Amaliy ko’nikmalar: Brokerlik hisobini ochish, investitsiya platformalaridan foydalanish (masalan, MT5) va real amaliyotda investitsiya qilish ko’nikmalarini egallaysiz.

5. Moliyaviy instrumentlar: Aksiyalar, obligatsiyalar, ETF, Sukuk, REIT kabi moliyaviy instrumentlar haqida ma’lumot olasiz.

6. Bozor tahlili: Indekslar, sektorlar va bozor kapitalizatsiyasi kabi tushunchalarni o’rganib, bozorni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirasiz.

7. Kriptovalyutalar: Kriptomoddul orqali kriptovalyuta bozorini va unga investitsiya qilish usullarini tushunasiz.

8. Portfel tuzish va diversifikatsiya: Investitsiya xavflarini kamaytirish uchun diversifikatsiya usullarini o’rganasiz va o’zingizning investitsiya portfelingizni tuzasiz.

9. Mustaqil investor bo’lish: Darslar yakunida siz mustaqil ravishda investitsiya qarorlarini qabul qilish va moliyaviy maqsadlaringizga erishish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lasiz.

Kurs dasturi bilan batafsil havolaga bosib tanishib chiqsangiz bo'ladi: https://telegra.ph/Moliyaviy-savodxonlik-boyicha-bepul-kurs-dasturi-09-17 

Kursda ishtirok etish uchun ariza shaklini havolaga bosib to'ldirish kerak: https://docs.google.com/forms/d/1PPsXSd8LVZOQYWEclGOyKWT-M-CwehdZq1nZD24Czrg/edit  

Arizalar 2024-yil 27-sentyabga qadar qabul qilinadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan telefon orqali bog’lanamiz.