Tikuvchilik kursi

Chop etilgan sana:
04.04.2025
12:45
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasi |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan |
Ta'lim davri:
1 yil keyinchalik ish bilan ta’minlash imkoniyati bilan
Ta'lim tili:
O'zbek
Qo‘shimcha ma'lumot:

Biz nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar va kam ta’minlangan oilalar a’zolari uchun bepul tikuvchilik kursimzni e’lon qilamiz.

O‘qishda tikish-bichish texnologiyalari, har xil matolar bilan ishlash hamda turli xil uslubdagi kiyim va liboslar yaratish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi. Kursni muvaffaqiyatli bitirganlar "SHAROIT PLYUS" NJB qoshidagi tikuv sexida davomiy ish bilan ta’minlanadi.

Ushbu kurs tashkilotimizning Yunusobod tumanidagi bosh ofisida offlayn tarzda tashkil etiladi.

Manzil: Yunusobod tumani, Xiyobon ko‘chasi, 22-uy; Lokatsiya: https://yandex.com/maps/-/CHAD5P1f 

Kursda ro‘yxatdan o‘tish uchun arizani to‘ldiring: https://forms.gle/xrJB1fJHGGAQCyw8A ;

Arizalar 2025-yil 11-aprel soat 17:00 gacha qabul qilinadi;

Murojaatlar uchun telefon: +998 (99) 833-83-14;

Ushbu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Barcha uchun qulay sharoitlar!