Kompyuter, axborot texnologiyalari va veb sayt yaratish
O'quv kursining maqsadi: Kompyuter texnologiyalari to'g'risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lish: uni ishlatish, Windows operatsion tizimida ishlash (fayl,papka,menyu,oynalar,tugmalar) ni o'rganish Matn muxarriri Word dasturida ishlashni o'rganish, Excel elektron jadvalida ishlash, Internet tarmog'i va unda ishlash asoslarini o'rganish.
- grafik dasturlar bo'limida asosan Adobe Photoshop va Corel Draw dasturlari va ularda ishlash asoslarini o'rganish;
- web dasturlash bulimida shaxsiy saytni yaratish usullarini o'rganish.
O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni
tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga
o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g’risida” qaroriga asosan hamda mamlakatimizda mehnat bozorining samarali
mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al
va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish,
shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik
faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash maqsadida, qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.
Ushbu kursda o'qish uchun Tumandagi aholi bandlikka ko'maklashish markazidan yo'llanma olish lozim.

