Sartaroshlik kursi
Ushbu kursda quyidagilar o'rgatiladi:
- sartaroshlik ishlarida ish o‘rinlarida xavfsizligni taʼminlash (mehnat muhofazasi Texnika xavfsizligi qoidalari);
- erkaklar sartaroshlik ishlarida ishlatiladigan materiallarni tanlash;
- sartaroshlik ishlarida ishlatiladigan asbob uskuna va dastgohlardan foydalanish;
- sartaroshlik ishlari jarayonida samarali usullarni hamda ishlarni bajarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;
- sartaroshlik ishlari sifatini nazorat qilish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida” qaroriga asosan hamda mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash maqsadida, qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.
Ushbu kursda o'qish uchun Tumandagi aholi bandlikka ko'maklashish markazidan yo'llanma olish lozim.

