Teleradioaparaturalarni ta'mirlash

Chop etilgan sana:
30.05.2023
10:46
Ish yuritish sohasi:
Nogironlik belgilari:
| Jismoniy nogironlik | | Eshitish bo‘yicha nogironlik |
Ta'lim shakllari:
| Guruh bilan | | Kunduzgi |
Ta'lim davri:
2 yil
Ta'lim tili:
O'zbekcha
Qo‘shimcha ma'lumot:

Toshkent  imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi 2022-2023 o‘quv yili uchun joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini tugatgan imkoniyatlari cheklangan zaif eshituvchi va kar soqov, ko‘zi ojiz, harakati tayanch a'zolarida nuqsoni bo‘lgan hamda umumiy kasalliklardagi o‘quvchilarni o‘qishga qabul qiladi.

Kasb-hunar maktabida quyidagi yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi:

Teleradioaparaturalarni ta'mirlash - 20 ta o‘rin;

Toshkent shahridagi nogironligi bor shaxslar uchun 1-sonli kasb-hunar maktabidagi Teleradioaparaturalarni ta'mirlash kursi haqida:

Teleradioaparaturalarni ta'mirlash kursida,  soha bilan bog'liq amaliyot darslari o'tiladi va teleradioaparaturalarni texnik ta'mirlashning barcha usullari o'rgatiladi.

O‘qishga topshirish uchun quidagi hujjatlar kerak bo'ladi: 

1. Shahodatnoma;

2. 3x4 xajmdagi fotosurat;

3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki fuqarolik pasporti nusxasi;

4. Nogironlik ma'lumotnomasi.

Hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda. Shoshiling!

Kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jumladan 3 mahal issiq ovqat hamda turar joy bilan bepul ta'minlanadi.

Ushbu kurs haqida to'liq ma'lumotni olish uchun, www.ishplus.uz ma'lumot xizmatining +998 (90)-818-07-08 telefon raqami orqali olishingiz  mumkin. Ma'lumot xizmati dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Tushlik tanaffusi 13:00 dan 14:00 gacha.