Axborot texnologiyalari kursi
Kurs haqida:
Ushbu kasb bo‘yicha ishlab chiqarishning barcha jabhalarida talab yuqori bo‘lgan malakali komp'yuter operatorlari, qurilish-arxitektura kompaniyalariga grafik loyihalash dasturchilari, nashriyot va nushalash korxonalariga komp'yuter grafikasi dizaynerlari, yirik korxona va tashkilotlarga Web-saytlarni yaratuvchi dasturchilar, komp'yuter tizimlarini boshqaruvchi administratorlar hamda axborot texnologiyalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi komp'yuter texnikalari va tarmoqlari montajchilari kasbga o‘qitilib yetkazib berilmoqda.
Toshkent shaxridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
O'qish muddati
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Stipendiya
Markazda o‘qiyotgan talabalar uchun 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya beriladi.
Kursga ariza berish tartibi:
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- ariza,
- pasport (asli va nusxasi),
- ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi,
- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma,
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatlar 2022 yil 15-yanvardan 15-fevralgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 a mavzesi.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) (71) 251-19-03, +998 (94) 660-88-03
Telegram bot: @vtctqabul_bot

