Yangiliklar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan memorandum imzolandi

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan “www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlash” loyihasi doirasida ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida o‘zaro kelishuv memorandumini imzoladi. 

Imzolangan memorandum shartlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

  • Qonun hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun uch foizli kvota asosida belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz orqali hususiy va davlat tashkilotlari tomonidan yoritib borishlarini ta'minlaydi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, ular uchun ajratilgan uch foizli kvota shuningdek, mehnat bozorida nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va ular uchun teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida ish beruvchilar va nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar uchun o‘quv-amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish (o‘zbek va rus tillarida) va tarqatish;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini, ular uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan mehnat imtiyozlari va preferensiyalar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish va tushuntirish ishlarini Birlashma bilan hamkorlikda amalga oshirish;
  • Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida Birlashma hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli hil seminar, treninglar, konferensiyalar, vakansiyalar yarmarkalari va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • Hamkorlik jarayoni va uning natijalarini Birlashma bilan hamkorlikda monitoring qiladi va baholaydi.

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi:

  • Memorandum maqsadlariga erishish uchun ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlashda Vazirlikka ko‘maklashish va ular to‘g‘risida doimiy axborot bilan almashish;
  • Inklyuziv mehnat masalalari bo‘yicha Vazirlik va boshqa davlat organlari bilan tajriba almashish;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ochiq mehnat bozorida munosib ish topish jarayonlarida maxsus rekruting veb-portali www.ishplus.uz orqali bevosita ko‘maklashadi va bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar), amaliyotlar va o‘quv kurslari haqida to‘liq ma'lumotlar bazasini shakillantiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarninig mehnat manfaatlari va huquqlarini amalga oshirilishi bo‘yicha Vazirlik va boshqa davlat organlari hamda jamoat takshilotlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
  • Hamkorlik jarayoni va uning natijalarini Vazirlik bilan hamkorlikda monitoring qiladi va baholaydi.

Mazkur memorandum Tomonlar tomonidan imzolangan muddatdan boshlab kuchga kiradi va 2021-yil 31-dekabrgacha o‘z kuchini saqlaydi.

Imzolangan memorandumni yuklab olish uchun havolaga bosing.


Chop etilgan sana: 12/07/2021