Yangiliklar

Bekobod shahrida ko‘zi ojiz ish izlovchilarga seminar-trening o‘tkazildi

2023-yil 22- iyun kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining www.ishplus.uz loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev Ko‘zi ojizlar jamiyati Bekobod shahar bo‘linmasining jamiyati aʼzolari uchun Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ochiq mehnat bozorida munosib ish topishlariga ko‘maklashish mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Treningda 20 tadan ortiq ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishdi. Shuningdek treningda Bekobod shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Mutaxassisi: Usmonqulov Abror Abduqodirovich ham ishtirok etdilar.

Treningda nogironligi bo'lgan shaxslarni bandligini ta'minlash bo'yicha quyidagi masalalarga alohida tohtalib o'tildi:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlari va imtiyozlari;
  • Rezyume yaratish va ish izlashning samarali usullari;
  • www.ishplus rekruting veb portali va u yerda ish izlovchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Trening jarayonida Qo‘rquv va umidlar, Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlari va imtiyozlari, O‘z mehnat huquqlaringiz haqida bilasizmi? mavzularida ishtirokchilarga bilim-ko‘nikmalar berib borildi va shu mavzularda ishtirokchilar o‘rtasida bahs-munozaralar olib borildi.


Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan ishtirokchilar tomonlaridan quyidagi savollarga mutaxassis tomonidan to‘liq javob berildi. Ularning savollari quyidagilardan iborat.

  • Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarni mehnat huquqlarini himoya qiladigan qanday hujjatlar bor?
  • Ular ish topishlari uchun qanday imtiyozlardan qanday qilib foydalanishi mumkin?
  • www.ishplus.uz da kasb o‘rganishga qanday o‘quv kurslari mavjud?
  • www.ishplus.uz dan qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin va u yerda ko‘rish bo‘yicha nogironlikka ega shaxslarga mos ish o‘rni bormi? va boshqa savollarga javob berildi.

Eng achinarlisi shundaki, ishga kirishdagi 3% kvota haqida hech bir ishtirokchining xabari yo‘q ekan ishtirokchilar orasida ishlaydiganlar ham topilmadi.

“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining www.ishplus.uz loyihasi koordinatori mutaxassisi tomonidan ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlash bo‘yicha Bekobod shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi: Ko‘zi ojizlar jamiyati bo‘linmasi va Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirishdi.


Chop etilgan sana: 10/07/2023