Foto va videomontaj bo‘yicha mutaxassis
- Video va foto sohasida tajriba (portfoliongiz bo‘lsa – afzallik sifatida qaraladi);
- Adobe Premiere Pro, Final Cut, Davinci Resolve, Adobe Photoshop va boshqa montaj dasturlarida ishlay olish;
- Suratga olish uskunalaridan (kamera, mikrofon, yoritish) foydalanishni bilish;
- Diqqatli, tezkor va mustaqil ishlay olish;
- Ijodiy fikrlash va tashabbuskorlik.
Afzallik sifatida qaraladi:
- Imo-ishora tiliga yoki inkluziv ta’lim sohasiga qiziqish,
- Imo-ishora tilida gaplasha olish (majburiy emas);
- Dizayn yoki motion graphics bo‘yicha qo‘shimcha ko‘nikmalar.
- Imo-ishoralarni namoyish etuvchi inson(lar)ni foto va videoga olish;
- Har bir imo-ishora uchun alohida qisqa videoroliklar tayyorlash;
- Fotosuratlar va videolarni tartibga keltirish, keraksiz qismlarini tahrirlash;
- Montaj qilingan materiallarni belgilangan formatda topshirish;
- Yoritish, kadr kompozitsiyasi, ovoz sifati kabi texnik jihatlarga e’tibor berish;
- Loyihaning umumiy estetikasi va uslubiga mos ravishda ishlash.
Biz taklif qilamiz:
- Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihada ishtirok etish;
- Doimiy ish emas, lekin kelgusida hamkorlikni davom ettirish imkoniyati;
- Qilingan ish hajmiga qarab adolatli haq to‘lanadi (narx kelishuv asosida);
- Yaxshi muhitda ijod qilish va jamoa bilan ishlash.
Ish joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi tashkilotimiz bosh ofisida.
Ish turi: Loyiha asosida (freelance/vaqtinchalik) moslashuvchan ish jadvali asosida.
Boshlanish sanasi: Kelishuv asosida
Ushbu vakansiya “O‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasini yaratish orqali rivojlantirish” loyihasi doirasida e'lon qilingan.
Ariza topshirish uchun bizga quyidagilarni yuboring:
- Portfoliongiz (foto/video ishlardan namuna);
- Qisqacha rezyume yoki o‘zingiz haqingizda ma’lumot;
- Aloqa ma’lumotlari.
Barcha kerakli hujjatlarni sharoitplus@gmail.com elektron manziliga yuboring. Xat mavzusida "Foto va videomontaj bo‘yicha mutaxassis" deb yozishni unutmang.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 30-iyun 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – O‘zbek imo-ishora tilining rivojiga siz ham hissa qo‘shing!
