Nogironligi bor shaxslarga inklyuziv kommunikatsiyalar va targ‘ibot bo‘yicha mutaxassis
• Aloqa, dizayn, jamoatchilik bilan aloqalar, ommaviy axborot vositalari yoki shu kabi sohalarda tajriba.
• Raqamli kommunikatsiyalar, grafik dizayn, jamoat advokatsiyasi yoki ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar.
• Canva, Adobe Creative Suite yoki shunga o‘xshash vositalarni bilish; inklyuziv (hamma uchun ochiq) dizayn prinsiplari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
• WCAG 2.1 standartlari bilan tanishlik va kontentni nogironligi bor shaxslar hamda turli auditoriyalar uchun moslashtirish tajribasi.
• Nogironlar tashkilotlari yoki nogironlar huquqlari tarmoqlari bilan hamkorlik qilish tajribasi katta afzallik hisoblanadi.
• A’lo darajadagi yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalari.
BMT RCO (Doimiy Muvofiqlashtiruvchi Idora) jamoasi rahbari nazorati ostida va Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis bilan hamkorlikda BMT ko‘ngillisi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Raqamli va hammabop kontent ishlab chiqish
• Canva, Adobe Creative Suite va sun’iy intellektga asoslangan platformalardan foydalangan holda, hammabop va inklyuziv vizual materiallar (infografikalar, bannerlar, shablonlar) yaratish.
• BMT kampaniyalari, BMT kunlari va BMTning 80 yilligi doirasida ijtimoiy tarmoqlar uchun jozibador va inklyuziv kontent tayyorlash.
• BMTning ijtimoiy tarmoqlari uchun ikki yoki uch tilda (o‘zbekcha/ruscha/inglizcha) kontent ishlab chiqish.
2. Inklyuziv targ‘ibot va kampaniyalarni muvofiqlashtirish
• Nogironlar tashkilotlari (OPD) va fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT) bilan hamkorlikda ommaviy xabardorlik kampaniyalarini yuritish.
• Hammabop tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, jumladan kontent ishlab chiqish, raqamli taklifnomalar va fikr-mulohazalarni yig‘ish vositalari.
3. Inklyuziv ko‘ngillilik kampaniyasi (UNV bilan bog‘liq)
• Inklyuziv ko‘ngillilikni targ‘ib qilishga qaratilgan ommaviy ishtirok faoliyatini (masalan, virtual tadbir yoki raqamli kampaniya) boshlash va birga ishlab chiqish, ideal holda bu BMTning 80 yilligi, Xalqaro Ko‘ngillilar Kuni (IVD) yoki boshqa BMT sanalariga mos kelsa yaxshi bo‘ladi.
Bundan tashqari, BMT ko‘ngillilaridan quyidagilar kutiladi:
• BMT Ko‘ngillilari (UNV) va boshqa manbalar orqali ko‘ngillilik tushunchasi bo‘yicha bilim va tushunchalarini oshirish;
• UNV tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda, xususan Xalqaro Ko‘ngillilar Kuni (IVD) nishonlashda faol ishtirok etish;
• O‘z faoliyati haqida maqolalar yoki hisobotlar yozish va ularni UNV hududiy/ofis/bosh qarorgohiga taqdim etish uchun topshirish (yangiliklar byulletenlari, matbuot relizlari va h.k. uchun);
• Onlayn ko‘ngillilik xizmatlarini targ‘ib qilish yoki mahalliy guruhlarga maslahat berish, shuningdek texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, ushbu xizmatdan foydalanish uchun shaxslar va tashkilotlarni rag‘batlantirish.
• Ko‘ngillilar uchun oylik yashash nafaqasi: 369 AQSh dollari
• Kirish uchun bir martalik to‘lov: 50 AQSh dollari
• Tibbiy va hayot sug‘urtasi: Cigna xususiy sug‘urtasi (Cigna Private Insurance)
Arizani quyidagi havola orqali topshirish kerak: https://app.unv.org/opportunities/1784888021261903
Ariza topshirish uchun siz BMT Ko‘ngillilari (United Nations Volunteers, UNV) platformasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz va profilingizni to‘liq to‘ldirgan bo‘lishingiz kerak: https://app.unv.org/
